Sony Corporation
Oxirgi yangilangan va kuchga kirish sanasi: 2026-yil 25-mart
Mazkur maxfiylik siyosati (“Maxfiylik siyosati”) “Smart karnaylar bilan TV boshqaruvi” ilovasiga (“Ilova”) tatbiq etiladi. Bu Ilova TVni boshqarish uchun mos keluvchi ovozli boshqaruvni faollashtirishga xizmat qiladi. Bu Maxfiylik siyosatida, “Sony”, “biz”, “bizga” va “bizning” deganimizda, biz 1-7-1 Konan, Minato-ku, Tokyo 108-0075, Japan manzilida joylashgan Sony Corporation kompaniyasini nazarda tutamiz. Sony axborot nazoratchisi (bu atamaga Axborot xavfsizligi boʻyicha umumiy reglamentda ( (YI) 2016/679) yoki har qanday boshqa amaldagi mahalliy qonunchilik va regulyatorlarda taʼrif berilgan) sifatida harakat qiladi va siz haqingizda muayyan axborotlarni olishi va siz, ushbu Ilova va/yoki TV haqida muayyan axborotlarni olishi va birlashtirishi mumkin. Bu ushbu Maxfiylik siyosatida batafsil tushuntirilgan.
Bu Maxfiylik siyosatida “Sony Group Companies” atamasi Sony Group Corporation va Sony Group Corporation tomonidan boshqariladigan har qanday yuridik shaxsni (bu yerda “boshqarish” atamasi bunday kompaniyada ovoz berish foizining kamida 50% (ellik foiz) qismiga bevosita yoki bilvosita egalik qilish yoki undagi boshqaruv qarorlarini nazorat qilishga oid haqiqiy bo‘lgan vakolatni anglatadi) bildiradi.
Bu Maxfiylik siyosati faqat ushbu Ilovaga tatbiq etiladi va Sony Group Companies va har qanday boshqa uchinchi tomonning mahsulot, dastur yoki xizmati yuzasidan u bilan oʻzaro aloqangizga nisbatan tatbiq etilishi mumkin boʻlgan har qanday maxfiylik siyosatiga qoʻshimcha hisoblanadi.
UNUTMANG: Bu ilovadan foydalanish uchun alohida maxfiylik siyosatiga ega Sony account hisobini (Sony's Cloud Service for Home Entertainment & Sound Products) yoki “My Sony”, jumladan, muqobil hisobni sozlashingiz kerak. TV bilan muvofiq ovozli boshqaruv qurilmasi TV modeliga bogʻliq.
1. ASOSIY JIHATLAR XULOSASI
2. Sony siz haqingizdagi qanday Olingan maʼlumotlarni jamlaydi?
Sony siz taqdim etadigan yoki avtomatik ravishda televizoringizdan yoki siz bu Ilovani (“Olingan maʼlumotlar”) ishlatganingizda tashqi manbalardan quyidagi maʼlumotlarni qabul qilishi mumkin. Ayrim Olingan maʼlumotlar amaldagi qonunchiligingizda shaxsiy maʼlumotlar sifatida baholanishi mumkin.
(A) Sizni va boshqa shaxsiy identifikatorlarni aniqlash uchun axborotlar
(i) Mahalliy elektronika boʻyicha Sony Group Companies'dan olingan kirish axborotlaringiz:
<Bu Ilovadan mahalliy elektronika Sony Group Companies hisobi bilan foydalanish mumkin boʻlgan mamlakat/mintaqalarda yashovchilar uchun>
My Sony – mahalliy elektronika Sony Group Companies tomonidan taqdim etiladigan hisob xizmatidir. My Sony yoki unga tenglashtirilgan hisobingizga kirishni talab qiladigan funksiyalardan foydalanganingizda Sony mahalliy Sony filiallaridan quyidagi axborotlarning hammasini yoki bir qismini oladi va qayta ishlaydi. My Sony va unga tenglashtirilgan hisoblar haqida batafsil axborot olish uchun ushbu havolaga (http://www.sony.co.uk/my-sony-pp-list/) kiring.
(ii) Kirish axborotlaringiz va roʻyxatdan oʻtkazilgan Sony hisobi (Sony’s Cloud Service for Home Entertainment & Sound Products):
<Sony hisobiga ega boʻlganlar uchun (Sony’s Cloud Service for Home Entertainment & Sound Products) >
Sony hisobi (Sony’s Cloud Service for Home Entertainment & Sound Products) – Sony tomonidan taqdim etiladigan hisob xizmatidir. Yuqoridagi hisob bilan kirishni talab qiladigan funksiyalardan foydalanganingizda Sony bunday hisobga aloqador barcha yoki ayrim axborotlarni qayta ishlaydi. Yuqoridagi hisob haqida batafsil axborot olish uchun bu bilan tanishing (http://www.sony.co.uk/my-sony-pp-list/).
(B) Ilova orqali olinadigan axborotlar
(i) Sizdan olinadigan maʼlumotlar
(ii) Sony’s Cloud Service for Home Entertainment & Sound Products (“Sony’s cloud service”) tomonidan TVdan olinadi
(iii) Sony’s cloud service serveri
(iv) 3-tomonlardan olinadigan maʼlumotlar
Sony’s cloud service tomonidan nashr qilingan UUID – bu BRAVIA qurilmangizga mos ovozli boshqaruv qurilmalaridan ovozli buyruq yuborish uchun Ilovangizga tayinlangan unikal raqamdir. Sony’s cloud service uchun Kirish tokeni va Avtorizatsiya kodi Sony’s cloud service tekshiruvi natijasida Ilovangizga chiqariladi.
3. Sony Olingan maʼlumotlardan qanday foydalanadi?
(i) Siz talab qilgan xizmatlarni sizga taqdim etish uchun
Sony mos ovozli boshqaruv qurilmasi orqali sizning TVni yoqish/oʻchirish, kanalni almashtirish, tovush balandligini boshqarish va oʻrnatilgan ilovani yoqish/oʻchirish kabi amallarni bajarish maqsadida soʻrovingizni qayta ishlash uchun Olingan maʼlumotlardan foydalanadi. Soʻrovingizni qabul qilish paytida Sony TV uchun ovozli buyruqni qayta ishlaydi va TVdan kelgan javobni mos ovozli boshqaruv qurilmangizga yuboradi.
Sizga ushbu xizmatlarni taqdim etish uchun Sony Olingan maʼlumotlarni ishlatishi talab etiladi.
Unutmang, ushbu qayta ishlashning YI qonunchiligidagi qonuniy asosi – bu Shaxsiy maʼlumotlar himoyasiga oid bosh reglament 6 (1) (b)-moddasi, Sony siz bilan ushbu Ilovadan foydalanishingiz uchun tuzgan yakuniy foydalanuvchi litsenziya kelishuviga aloqador majburiyatlarimizni bajarishning zarurligidir.
(ii) Xavfsizlik
Sony axborot xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlganda Olingan maʼlumotlarni ham qayta ishlaydi.
Unutmang, ushbu qayta ishlashning YI qonunchiligidagi qonuniy asosi – bu Shaxsiy maʼlumotlar himoyasiga oid bosh reglament 6 (1) (f)-moddasi, nazoratchi yoki uchinchi tomon tomonidan koʻzda tutilgan qonuniy manfaatlar maqsadlari uchun zarurligidir.
(iii) Qonun tomonidan talab qilinadi
Agar qonunchilikga belgilangan boʻlsa, Olingan maʼlumotlar qayta ishlanishini mumkin.
Unutmang, ushbu qayta ishlashning YI qonunchiligidagi qonuniy asosi – bu Shaxsiy maʼlumotlar himoyasiga oid bosh reglament 6 (1) (c)-moddasi, qonuniy majburiyatni bajarish zarurligidir.
4. Olingan maʼlumotlardan yana kimlar foydalanishi mumkin?
Agar mos ovozli boshqaruv qurilmasidan foydalanishni tanlasangiz, Sony kompaniyasiga uzatilgan va saqlangan Yig'ilgan maʼlumotlar ushbu xizmatni taqdim etish uchun Amazon kompaniyasiga hamda boshqa Sony Group Companies va uchinchi tomon xizmat provayderlariga quyidagi tartibda taqdim etiladi:
(i) Amazon
Bu Ilova orqali TV va Amazon Alexa bilan mos qurilmani biriktirish uchun Sony Amazon kompaniyasiga quyidagi Olingan maʼlumotlarni ulashadi:
Tafsilotlar uchun Amazon veb-saytiga ( https://www.amazon.com/gp/help/customer/display.html?nodeId=201809740 ) kiring, unda Amazon jamlagan bunday Olingan maʼlumotlar qayerda va qanday oʻchirib tashlanishi mumkinligi tushuntirilgan.
(ii) Sony Group Companies
Olingan maʼlumotlar yuqoridagi 3-boʻlimda (Sony Olingan maʼlumotlardan qanday foydalanadi?) keltirilgan faoliyatlarni amalga oshirish maqsadida AQSHda tashkil qilingan Sony Electronics Inc. tomonidan boshqariluvchi Sony serveriga yuboriladi va u yerda saqlanadi. Sony maʼlumotlarni uzatish amaldagi mahalliy qonunlarga muvofiq amalga oshirilishini taʼminlash uchun tegishli xavsizlik choralarini koʻrdi.
Agar siz mahalliy elektronika Sony Group Companies'ga ushbu ilovaga doir savollar bilan murojaat qilsangiz, Sony soʻrovingizga javob berish uchun Olingan maʼlumotlarni mazkur Sony Group Companies'ga uzatishi mumkin. Sony, shu bilan birga, ushbu Maxfiylik siyosatida belgilangan boshqa maqsadlar uchun Yig'ilgan maʼlumotlarni boshqa Sony Group Companies bilan baham ko' rishi mumkin.
(iii) Xizmat provayderlari
Sony oʻz nomidan ushbu Maxfiylik siyosatida belgilangan maqsadlar uchun Olingan maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash jarayoniga tashqi xizmat provayderlarini jalb qilishi mumkin. Bunday xizmat provayderlariga jumladan va shu bilan cheklanmagan holda AT xizmat provayderlari va axborot xostingi provayderlari kiradi.
(iv) Biznesni oʻtkazish
Sony oʻz biznesining muayyan yoki butun qismini sotgan yoki boshqa kompaniyaga oʻtkazganida, Olingan maʼlumotlar Sony tomonidan xarid qiluvchi yoki qabul qiluvchi tashkilotga kelishuvning bir komponenti, shu jumladan sotish yoki oʻtkazish bilan bogʻliq har qanday kompleks tekshiruvning bir qismi sifatida uzatilishi mumkin. Sony bunday kelishuv roʻy berishidan oldin Olingan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashda davom etadi va bunday kelishuv amalga oshgandan keyin Sony qisqa muddatlarda Olingan maʼlumotlarni oʻchirib tashlaydi.
(v) Davlat idoralari / Huquqni muhofaza qiluvchi organlar
Agar buni amaldagi qonunchilik talab qilsa, Olingan maʼlumotlar davlat idoralari va/yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga uzatilishi mumkin.
(vi) Boshqa vakolatsiz tashqi shaxslar
Sony oʻzining qonuniy huquqlarini himoya qilish (masalan, foydalanish shartlariga rioya etishni taʼminlash) va Sony oʻzining yuridik majburiyatlarini bajarish uchun Olingan maʼlumotlarni auditorlar yoki yurist yoki soliq maslahatchilari kabi shunga monand tashqi konsultantlarga oshkor etishi mumkin.
5. Maʼlumotlarni saqlash, Olingan maʼlumotlar boshqaruvi
BRAVIA va Sony’s cloud service'ni istalgan paytda [Asosiy] > [Smart karnaylar bilan TV boshqaruvi] > [Sozlamalar] > [Maxfiylik siyosati] ruknida faolsizlantirishingiz mumkin. Sony 2-boʻlimda (Sony siz haqingizdagi qanday Olingan maʼlumotlarni jamlaydi?) taʼriflangan Olingan maʼlumotlarni siz ushbu ilovaga va ovozli boshqaruv uchun mos keluvchi Ilovaga oxirgi marotaba kirganingizdan keyin taxminan 6 oy davomida saqlaydi. Yuqoridagi muddat tugagach, Sony Olingan maʼlumotlardan foydalanishni toʻxtatadi va Olingan maʼlumotlar avtomatik ravishda oʻchirib tashlanadi. Agar siz Olingan maʼlumotlarni yuqoridagi muddat tugashidan oldin oʻchirib tashlashni xohlasangiz, 12-boʻlimda (Biz bilan aloqa) keltirilgan manzil orqali bizga murojaat qiling va Sony sizga oqilona vaqt ichida javob beradi. Unutmang, Sony muayyan turdagi Olingan maʼlumotlarni qonun talabi boʻyicha saqlashga majbur boʻlishi mumkin. Agar Sony Olingan maʼlumotlarni boshqa talab etmasa, u bizning ichki axborot xavfsizligi tartiblarimizga muvofiq yoʻq qilinadi yoki shaxssizlantiriladi.
6. Olingan maʼlumotlarni xalqaro miqyosda uzatish
Olingan maʼlumotlar 3-boʻlimda (Sony Olingan maʼlumotlardan qanday foydalanadi?) taʼriflangan maqsadlarda qayta ishlanadi, saqlanadi va siz yashab turgan mamlakatdan Yaponiya, YI (Irlandiya) va Amerika Qoʻshma Shtatlariga uzatiladi. Olingan maʼlumotlar mamlakatingizdan tashqari boʻlgan bizning xodimlar yoki xizmat provayderimiz tomonidan qayta ishlanadi va ushbu mamlakatlardagi xodimlar tomonidan koʻrilishi mumkin. Bu Ilovani ishlatish yoki bizga har qanday turdagi axborotlarni taqdim etish orqali siz axborotlaringizning maxfiylik qonunlari ehtimol siz yashab turgan yoki fuqarosi hisoblangan mamlakatdagi singari qamrovli boʻlmagan AQSH, Yaponiya va boshqa yurisdiksiyalarga uzatilishi, u yerda qayta ishlanishi va saqlanishini teran tushunasiz va bunga rozilik bildirasiz. Siz yashaydigan hudud tashqarisidagi mamlakat/mintaqalardagi sudlar, huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa organlar Olingan maʼlumotlarga uzatilganidan keyin kirish huquqiga ega boʻlishi mumkin.
[YIHH va Birlashgan Qirollikdagi rezidentlar uchun]
Sony Olingan maʼlumotlarni YIH/Birlashgan qirollik tashqarisiga uzatishlarning amaldagi YI va Birlashgan qirollik maʼlumotlarni himoya qilish haqidagi qonunlari talablariga muvofiq amalga oshirilishini taʼminlash uchun tegishli choralarni koʻradi. Olingan maʼlumotlar YIH va Birlashgan qirollikdan tashqaridagi hamda maxfiylikka oid qonunlar mamlakatingiz bilan teng darajadagi himoyani taʼminlamasligi mumkin boʻlganmamlakatlarga yuborilishi va qayta ishlanishi sababli, bu Yevropa Komissiyasi yoki Buyuk Britaniya hukumati tomonidan muvofiqlik haqidagi qarorga boʻysunmaydigan mamlakatdagi manfaatdor tomon yoki sotuvchiga tegishli boʻlsa, Olingan maʼlumotlar muvofiq ravishda Yevropa Komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Standart Shartnoma moddalari bilan himoyalanadi. Ular bilan https://commission.europa.eu/publications/standard-contractual-clauses-international-transfers_en manzilida, Yevropa Ittifoqi Komissiyasining standart shartnoma moddalariga qoʻshimcha yoki Buyuk Britaniyaning maʼlumotlarni himoya qilish qonuni (tatbiq etilsa) yoki manfaatdor tomon/sotuvchining Qayta ishlovchi majburiy korporativ qoidalariga muvofiq tasdiqlangan mustaqil xalqaro maʼlumot uzatish shartnomasi bilan tanishishingiz mumkin. Agar Sony kompaniyasining maʼlumot yuborish usullariga doir savollar yoki mulohazalaringiz boʻlsa yoxud tegishli mexanizmning nusxasini olishni xohlasangiz, bizga quyidagi 12. Biz bilan aloqa boʻlimida tavsiflangan shaklda murojaat qiling.
7. Xavfsizlik
Sony sanoat standartlari va Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) 27001 standartlar oilasi va Milliy standartlar va texnologiyalar instituti (NIST) standartlari kabi ilgʻor tajribalar asosida tuzilgan umumiy siyosatni oʻrnatadi va Sony tomonidan olinadigan va saqlanadigan shaxsiy maʼlumotlar uchun qatʼiy xavfsizlik nazorati choralarini koʻradi. Bu chora-tadbirlarga tashkilotning axborot xavfsizligini boshqarish tizimini joriy etish va davriy tekshirish, davriy oʻqitish va xabardorlik dasturi, axborot aktivlarini davriy inventarizatsiya qilish, jismoniy xavfsizlikni nazorat qilish choralari (xodimlarning kirishini nazorat qilish, mijozlarni nazorat qilish va hokazo), shifrlangan aloqalar, kirishni qatʼiy nazorat qilish, axborot tizimlarining zaifligini davriy baholash va boshqalar kiradi.
Sony shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash uchun xizmat provayderlaridan (jumladan, subpudratchilardan) foydalanganda Sony bunday xizmat provayderlari (jumladan, subpudratchilar) xavfsizlikni nazorat qilishning zaruriy va tegishli choralarni koʻrganligini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, Sony shaxsiy axborotlar bilan ishlashga oid asosiy siyosatini “Sony Group Japan - Common Corporate Privacy Policy” (https://www.sony.co.jp/privacy-policy/) hujjatida ifodalaydi. Xavfsizlik nazorati choralariga umumiy nazar uchun bunday siyosatga ham qarang.
8. Bolalarga nisbatan siyosatimiz
Sony bolalarga tegishli shaxsiy axborotni jamlash, saqlash va ishlatishga doir barcha amaldagi qonunlar va meʼyoriy hujjatlar, jumladan, AQSHning Bolalarning Internetdagi shaxsiy maʼlumotlarini himoya qilishga bagʻishlangan qonuni va boshqa mamlakatlardagi amaldagi qonunchilikka rioya etish majburiyatini oladi.
Mazkur Ilova umumiy auditoriyaga moʻljallangan; ushbu Ilova 16 yoshdan kichik bolalarning shaxsiy maʼlumotlarini atayin jamlashga xizmat qilmaydi. Yashash mamlakat/mintaqangizga qarab, bola uchun ushbu chegara yoshi farq qilishi mumkin.
Agar siz ota-ona yoki vasiy sifatida farzandingiz Sony kompaniyasiga sizning ruxsatingizsiz shaxsiy maʼlumotlarini (amaldagi qonunchilik boʻyicha) taqdim etganidan xavotirda boʻlsangiz, quyida koʻrsatilgan manzil boʻyicha bizga murojaat qiling.
9. Maxfiylik huquqlari (jumladan, YIHH va Birlashgan Qirollik, Qoʻshma Shtatlar eslatmalari va boshqa Maxfiylik huquqlari)
Ayrim mamlakatlarda Sony siz haqingizda saqlaydigan shaxsiy maʼlumotlarga nisbatan muayyan huquqlarga egasiz. Ularga Sony yoki Sony kompaniyalari guruhi siz haqingizda saqlaydigan Olingan maʼlumotlarning nusxasi uchun soʻrov yuborish va/yoki agar olingan bunday maʼlumotlar xato boʻlsa, Sony yoki Sony kompaniyalari guruhidan ularni tuzatish, oʻzgartirish, oʻchirish, tozalab tashlash, yoʻq qilish, qayta ishlash va/yoki ulardan foydalanishni taqiqlash/cheklashni soʻrash huquqlari kiradi. Siz Olingan maʼlumotlarning Sony tomonidan qayta ishlanishiga eʼtiroz bildirishingiz ham mumkin. Ayrim mamlakatlarda bizdan muayyan turdagi axborotlarni tuzilmali shaklga keltirilgan, kompyuter oʻqiy oladigan formatda taqdim etishni va bunday maʼlumotlarni boshqa nazoratchiga uzatishni (yuborishni) soʻrashingiz ham mumkin. Agar sizning soʻrovingizni bajarish boshqa subyekt haqidagi shaxsiy maʼlumotlarni ochiqlashga olib kelsa, yoki siz bizdan biz qonun boʻyicha saqlash yoki ularni saqlashdan qonuniy manfaat koʻzlagan axborotlarni oʻchirishni talab qilsangiz, sizning bunday huquqlaringiz chegaralanishi mumkin. Agar ushbu huquqlarning istalgan biridan foydalanishni xohlasangiz, 12-boʻlimdagi (Biz bilan aloqa) manzil orqali biz bilan bogʻlaning. Agar savollar, mulohazalaringizni qanday hal qilganimiz sizni qoniqtirmasa yoki shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday qayta ishlashimizga doir shikoyatlaringiz boʻlsa, maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha mahalliy nazorat organiga shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga egasiz.
[YIHH va Birlashgan Qirollik rezidentlariga eslatma]
Ayrim mamlakat/mintaqalarda Sony siz haqingizda saqlaydigan Olinga maʼlumotlarga nisbatan muayyan huquqlarga egasiz. Bularga quyida keltirilgan huquqlar kirishi mumkin. Agar sizning soʻrovingizni bajarish boshqa subyekt haqidagi shaxsiy maʼlumotlarni ochiqlashga olib kelsa, yoki siz bizdan biz qonun boʻyicha saqlash yoki ularni saqlashdan qonuniy manfaat koʻzlagan axborotlarni oʻchirishni talab qilsangiz, sizning bunday huquqlaringiz chegaralanishi mumkin.
Siz quyidagi huquqlarga ega boʻlishingiz mumkin:
Bu huquqlardan quyidagi 12-boʻlim (Biz bilan aloqa) tafsilotlari yordamida foydalanishingiz mumkin.
Agar sizning soʻrovingizni bajarish boshqa subyekt haqidagi shaxsiy axborotlarni ochiqlashga olib kelsa, yoki siz bizdan Sony qonun boʻyicha saqlash yoki ularni saqlashdan qonuniy manfaat koʻzlangan axborotlaringizni oʻchirishni talab qilsangiz, sizning bunday huquqlaringiz chegaralanishi mumkin.
Unutmang, avtomatlashtirilgan qarorlar qabul qilish, jumladan, yuridik yoki boshqa shunga oʻxshash moddiy taʼsirlarni keltirib chiqaradigan profillash hozirda ushbu maxfiylik siyosatida belgilangan maqsadlar uchun Olingan maʼlumotlarga nisbatan Ilova(lar)imizda amalga oshirilmaydi.
Agar hal qilinmagan muammolaringiz boʻlsa, siz yashaydigan, ishlaydigan yoki qoidabuzarlik sodir boʻlgan deb hisoblaydigan mamlakatdagi maʼlumotlarni himoyalash organiga shikoyat qilish huquqiga egasiz. YI maʼlumotlarni himoyalash organlari haqida maʼlumotlar https://edpb.europa.eu/about-edpb/about-edpb/members_en manzilida va Birlashgan Qirollik Axborot komissarligining maʼlumotlarni himoyalash boʻyicha organining veb-saytida mavjud: https://ico.org.uk/make-a-complaint/.
[Notice to US and Canada Residents]
(i) Notice to Residents of U.S. States (excluding CA)
We set forth in our Privacy Policy and List 1 below the categories of personal data we process, the purpose for processing personal data, the categories of personal data shared, and the categories of third parties with whom personal data is shared.
Consumers in certain states with comprehensive privacy laws may have the following rights:
Right to Know: the right to confirm whether we are processing personal data about you.
Right to Correct: the right to correct inaccurate personal data we hold about you.
Right to Delete: the right to delete the personal data provided by you or obtained about you.
Right to Access and Data Portability: the right to access your personal data and obtain a copy of the Personal Data previously collected by us and, to the extent feasible, in a readily usable format to allow data portability.
Right to Appeal: if for any reason you would like to appeal a decision made by us relating to your request to exercise privacy rights, you have the right to submit an appeal to us. Please include your full name, the basis for your appeal, and any additional information to consider.
If you would like to submit a request to exercise one of the rights listed above, you can do so by completing this form:
https://products.sel.sony.com/SEL/legal/DataRequests.html .
Right to Opt-Out of Targeted Advertising: Sony does not use data to engage in online advertising and analytics practices that may be considered “targeted advertising” under applicable state law.
Right to Opt-Out of Profiling or Sale of Personal Information: While state laws may permit you to opt-out of the sale of your Personal Data and out of profiling in furtherance of decisions that produce legal or similarly significant effects, we do not engage in either of these activities at this time.
Right to Opt-Out of Automated Decision Making: Sony does not use personal information to render any decisions based exclusively on an automated processing of such information and thus does not provide this right at this time.
(ii) Notice to California Residents: California Privacy Notice
This California Privacy Notice is effective as of March 25, 2026.
This California Privacy Notice supplements our Privacy Policy and applies only to California residents. This notice sets forth the disclosures and rights for California Consumers regarding their Personal Information, as required by the California Consumer Privacy Act, as amended by the California Privacy Rights Act, and any implementing regulations adopted thereunder (“CPRA”). Terms (including defined capitalized terms) used in this California Privacy Notice have the same meanings given in the CPRA, unless otherwise defined.
California Consumer Rights. Subject to certain exceptions, as a California consumer, you may have the following rights regarding your Personal Information:
Agents. If you are an authorized representative submitting a request on a consumer’s behalf, please complete the applicable fields of information in the submission form. We will follow up to request a signed, written permission signed by the individual who is the subject of the request authorizing you to make the request on their behalf. The written permission must state your full legal name, the full legal name of the individual who is the subject of the request, and a clear description of the permission granted. Alternatively, you may submit a copy of a power of attorney under applicable state law. The consumer’s identity, in addition to your own, will need to be independently verified in order for us to be able to fulfill the request. We may also ask the consumer to directly confirm with us that they provided you permission to submit the request. Please keep in mind that if we do not receive adequate proof that you are authorized to act on the consumer’s behalf, we may deny the request.
Verifying Requests. In your request, you must provide enough information to allow us to verify you are the person about whom we collected Personal Information, or their authorized representative. You must also describe your request with enough detail so that we can understand, evaluate and respond to it. We will only use the information you provide in a request to verify your identity. When you exercise your Right to Know, Right to Delete, and/or Right to Correct, we may ask that you provide us with additional information in order to verify your identity and fulfil your request. If we are unable to verify that the individual submitting the request is the same individual about whom we have collected information (or someone authorized by that individual to act on their behalf), we may not be able to process the request. If we are unable to verify your identity, we will not be able to process the request.
Exercising your Rights
Right to Know; Right to Delete; Right to Correct
If you are a California Consumer and would like to exercise your Right to Know, Right to Delete, and/or Right to Correct, please submit your request at: https://products.sel.sony.com/SEL/legal/DataRequests.html ; or you may call us toll-free at 1-833-681-9900.
Data Retention
We retain Personal Information for as long as it is reasonably necessary for the purposes outlined in this California Privacy Notice. In particular, we retain your Personal Information while you have an account with us, or as long as you use the Application. We either delete your personal information or de-identify it after approximately 6 months from the collection of such data, except as otherwise required by law.
Data Reporting. To access our CCPA data reporting metrics for the previous calendar year, go to: https://electronics.sony.com/DSR-metrics .
Right to Non-Discrimination for the Exercise of a Consumer’s Privacy Rights
California Consumers have the right to not receive discriminatory treatment for exercising CPRA rights. We will not discriminate against you for exercising your CPRA rights.
Notice of Financial Incentive.
Under California regulations, if we offer certain loyalty or similar program(s) directly or reasonably related to the collection, retention or deletion of your Personal Information, such program may be considered a “financial incentive”. In such case, we will be required to make additional disclosures to you, which we will provide when you agree to participate.
Personal Information We Collect & Purposes for Collection. The Personal Information we collect about you will depend upon how you use the TV. Accordingly, we may not collect all of the below information about you. In addition to the below, we may collect and/or use additional types of information and will do so after providing notice to you and obtaining your consent to the extent such notice and consent is required by applicable law.
We may have used Personal Information for the following business or commercial purposes described in List 1:
List 1
Categories of Personal Information Collected
Business or Commercial Purposes for Collection of Personal Information
Categories of Third Parties to Whom We May Disclose Personal Information for a Business Purpose
Categories of Third Parties to Whom this Type of Personal Information is Sold or Shared for Cross Context Behavioral Advertising
Categories of Personal Information Collected
Business or Commercial Purposes for Collection of Personal Information
Categories of Third Parties to Whom We May Disclose Personal Information for a Business Purpose
Categories of Third Parties to Whom this Type of Personal Information is Sold or Shared for Cross Context Behavioral Advertising
For more information about our local Sony electronics affiliate’s California privacy practices, please refer to this California-specific information here: https://electronics.sony.com/privacy-policy#DataPractices
Additional Notice to California Residents:
If you are a California resident, under the California “Shine the Light” law, you have the right to receive: a) information identifying any third party company(ies) to which we may have disclosed, within the past year, Personal Information pertaining to you and your family for that company's direct marketing purposes; and b) a description of the categories of Personal Information disclosed. To obtain such information, please email your request to privacy@am.sony.com, and include your name, email address, mailing address or zip code, and a reference to “Your California Privacy Rights – TV Control with Smart Speakers Application (Amazon)”. We are not responsible for requests that are not labeled or sent properly, or do not have complete information.
(iii) Notice to Nevada Residents:
If you are a Nevada resident, you have the right to opt-out of the sale of certain personally identifiable information we have collected about you to third parties. Sony does not currently sell your personally identifiable information as those terms are defined under Nevada law. However, if you wish to submit a request to opt-out of the sale of such information if Sony were to engage in such a sale in the future, you may submit your request in writing to: privacy@am.sony.com. Your request must reference “Your Nevada Rights– TV Control with Smart Speakers Application (Amazon)” and include your name, mailing address, zip code, and email address. We are not responsible for requests that do not come through the designated request mechanism or do not contain sufficient information to allow us to process your request. We will respond to valid requests within 60 days.
Further Information for Residents in Québec, Canada
This notice sets forth disclosures and rights for consumers residing in Québec, Canada regarding their personal information, as required by the Québec’s Data Privacy Law 25. All Sony personnel handling personal information will be subject to a duty of confidentiality and to ensure that all personal information is handled in accordance with standard security measures. By using the TV, you acknowledge and agree that your personal information will be transferred outside of Quebec.
We will only use your personal information for the purposes stated at the point of collection, or as otherwise noted in this privacy policy.
Automated Decision Making: Sony does not use personal information to render any decisions based exclusively on an automated processing of such information.
Location Tracking: We may use automated technologies to collect information about your general location, such as your country. However, we do not track your location without your consent.
Consumer Rights:
Subject to certain exceptions, you may have the following rights regarding your personal information:
Exercising your rights: If you are a Quebec resident and wish to exercise your right(s), please submit your request here: https://sony-privacyportal.my.onetrust.com/webform/ae4501a4-318f-4210-bddc-9a8bc984c5a6/0c8ea26c-76a5-4bcd-9ef5-3597f99e021a ; or you may call us toll-free (within Canada) at: 1-888-494-7669.
Your request or complaint must include your full name, street address, city, province, postal code, and an email address so that we are able to contact you if needed regarding this request.
Our Privacy Officer is in charge of the protection of personal information.
Contact Information for Sony’s Privacy Officer:
Sony of Canada, ULC.
Attn: Privacy Officer, Law Department,
2235 Sheppard Avenue East, Suite 800
Toronto, ON M2J 5B5
Telephone: 1-888-494-7669 (toll free within Canada)
Email: privacy@am.sony.com
You may submit a complaint to the Commission d’accès à l’information du Québec (CAI) by visiting: https://www.cai.gouv.qc.ca/a-propos/nous-joindre/.
10. Qoʻshimcha eslatma
[Osiyo va Okeaniya rezidentlari uchun]
Mazkur Maxfiylik siyosatini diqqat bilan oʻqing, chunki mazkur Ilovadan foydalanish orqali siz undagi shartlarga rozilik va ruxsat bergan hisoblanasiz.
Mazkur Ilovani ishlatish yoki bizga har qanday turdagi Olingan maʼlumotlarni taqdim etish orqali, siz bunday Olingan maʼlumotlarning maxfiylik qonunlari ehtimol siz yashab turgan yoki fuqarosi hisoblangan mamlakatdagi singari qamrovli boʻlmagan AQSH va boshqa yurisdiksiyalarga xalqaro miqyosda uzatilishi, Olingan maʼlumotlarning qayta ishlanishi va saqlanishini teran tushunasiz va bunga rozilik bildirasiz.
Bu sizning mahalliy qonunchiligingizdagi huquqlaringizga va amaldagi xorij yurisdiksiyasidagi huquqlaringizga taʼsir qilishi mumkin. Mazkur xorij yurisdiksiyalari xorijdagi organlar singari tashqi tashkilotlarga sizning shaxsiy Olingan maʼlumotlaringizni ochiqlashga majbur boʻlishi mumkin.
Bu Ilovadan foydalanish yoki bizga har qanday Olingan maʼlumotlarni taqdim etish orqali siz biznes boshqa tashkilotga oʻtkazilgan taqdirda, oʻsha tashkilotning Olingan maʼlumotlarni qayta ishlashi natijasida yuzaga kelgan biror shikoyat yoki ziyon tufayli, 4-boʻlimda (Olingan maʼlumotlardan yana kimlar foydalanishi mumkin?) bayon qilinganiday, Sony yoki Sony filiallarini javobgarlikka tortmaslikka rozilik berasiz.
11. Oʻzgartirishlar
Mazkur Maxfiylik siyosati muayyan sabablar tufayli vaqti-vaqti bilan yangilanib turadi. Sony bizning Maxfiylik siyosatimizga kiritilgan har qanday oʻzgarish haqida sizni xabardor qiladi yoki unga sizning roziligingizni soʻraydi (amaldagi qonunchilikka asosan talab etilgan holatlarda).
Oʻzgarishlarni kuzatib borish uchun Maxfiylik siyosatini muntazam tekshirib turish tavsiya etiladi.
12. Biz bilan aloqa
Agar ushbu Maxfiylik siyosatiga oid biror savolingiz yoki xavotiringiz boʻlsa, yoki shaxsiy Olingan maʼlumotlarga nisbatan egalik qilishingiz mumkin boʻlgan biror huquqingizdan foydalanmoqchi boʻlsangiz, quyida keltirilgan manzil orqali bizga murojaat qiling.
YEVROPA ITTIFOQI VA YEVROPA IQTISODIY HAMKORLIK HUDUDI REZIDENTLARI UCHUN:
Sony Corporation yapon kompaniyasi boʻlib, Olingan maʼlumotlar nazoratchisi vazifasini bajaradi. Taurusavenue 16, 2132LS Hoofddorp, Niderlandiya yuridik manzili boʻyicha joylashgan Sony Europe BV, golland kompaniyasi, bizning Yevropa Ittifoqidagi vakilimizdir.
Biz sizning maʼlumotlaringizni qay tartibda qayta ishlashimiz borasida biror savolingiz boʻlsa, bizning Yevropa Ittifoqi va Yevropa iqtisodiy hamkorlik hududidagi vakilimizga murojaat qilishingiz mumkin:
Email orqali: privacyoffice.seu@sony.com
Pochta orqali: Sony Europe BV, Taurusavenue 16, 2132LS Hoofddorp, the Netherlands
Shuningdek, quyidagi manzil orqali mahalliy elektronika Sony Group Companies'ga murojaat qilishingiz mumkin: http://sony-europe.com.
BUYUK BRITANIYA REZIDENTLARI UCHUN:
Sony Corporation yapon kompaniyasi boʻlib, Olingan maʼlumotlar nazoratchisi vazifasini bajaradi. Sony Europe BV, golland kompaniyasi, bizning Buyuk Britaniyadagi vakilimiz boʻlib, u quyidagi yuridik manzilda joylashgan: The Privacy Office, The Heights, Brooklands, Weybridge, Surrey KT13 0XW, The United Kingdom.
Biz sizning maʼlumotlaringizni qay tartibda qayta ishlashimiz borasida biror savolingiz boʻlsa, bizning Buyuk Britaniyadagi vakilimizga murojaat qilishingiz mumkin:
Email orqali: privacyoffice.seu@sony.com
Pochta orqali: Sony Europe BV, The Privacy Office, The Heights, Brooklands, Weybridge, Surrey KT13 0XW, United Kingdom
BOSHQA MAMLAKATLAR YOKI HUDUDLARDAGI REZIDENTLAR UCHUN:
Biz sizning maʼlumotlaringizni qay tartibda qayta ishlashimiz borasida biror savolingiz boʻlsa, bizning kontakt maʼlumotlarimizni quyida yoki oʻzingizning mahalliy Sony Group Companies veb-saytidan topishingiz mumkin:
AQSH va Kanada: privacy@am.sony.com
AQSH va Kanadadan tashqari Amerika davlatlari
Lotin Amerikasidagi mintaqaviy Maxfiylik ofisi: https://www.sony-latin.com/corporate/SOLA/home.html
Afrika va Yaqin Sharq: https://www.sony-mea.com/en/locale-selector
Osiyo va Okeaniya: https://www.sony-asia.com/locale-selector
Yaponiya: http://www.sony.jp/support/
Amazon, Alexa va barcha tegishli logotiplar va harakatli belgilar – Amazon.com, Inc. yoki uning filiallarining savdo belgilaridir.